Mikrokreditbank oʼz xonadoniga ega boʼlmoqchi boʼlgan yurtdoshlarimizga ajoyib yangilikni taqdim etadi!

Hozirgi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Bank tomonidan Ipoteka krediti boʼyicha eʼlon qilingan aksiya 1 oktyabrga qadar davom ettiriladi.

Endilikda qulay shartlardagi ipoteka krediti evaziga birlamchi uy-joy bozoridagi koʼp qavatli xonadonlardan biriga ega boʼlishingiz mumkin!

  • Kredit muddati — 15 yil.
  • Boshlangʼich toʼlov: Qishloq joylarda – 10%; Shahar joylarda – 20%
  • Kredit foizi: Qishloq joylarda – 19%; Shahar joylarda – 20%

Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qoʻyildi:

  • ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʻlgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʻlishi;
  • qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari, yaʼni qarz yuki koʻrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;
  • ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

Ipoteka olish jarayonidagi qarz oluvchi xarajatlari:

  • Notarial oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha;
  • Kvartiraning kadastr xujjatlarini tayyorlash;
  • Sug'urta qilish (Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qarz qiymatining qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantirish va to'lanishi lozim)