“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv qaroriga asosan Ibrat va Toshkent BXMlar boshqa yuridik manzilga koʻchirildi. 

Endilikda Ibrat BXM Fargʻona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqoʻrgʻon MFY, A.Navoiy koʻchasi, 10-uy manziliga;

Toshkent BXM Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 3-uy manziliga oʻzgarganini maʻlum qilamiz. 

Shuningdek, Bektemir BXM faoliyat yuritayotgan manzil oʻzgartirildi. Yaʻni Bektemir BXM Toshkent shahar, Bektemir tumani, Bektemir shoh koʻchasi, 124-uy manzilida mijozlarga xizmat koʻrsatishini maʻlum qilamiz. (Oʻrtachirchiq tumanining ayrim hududlari Toshkent shahriga oʻtkazilgan). 

Ibrat va Toshkent bank xizmatlari markazlari tomonidan aholi va mijozlarga koʻrsatilayotgan barcha turdagi xizmatlar yuqoridagi manzilda davom ettiriladi.

Bank Axborot xizmati