Mikrokreditbank ATB va Turkiyaning 1-litzenziyalashgan UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Yaqin kunlarda MKBANK orqali UPT pul o’tkazmalarini (dollar va yevroda) amalga oshirishingiz mumkin.

Ushbu xizmatning joriy etilishi bankning mamlakatda moliyaviy infrastrukturani rivojlantirish, banklarning mijoz uchun ishlashini tashkillashtirish hamda mizojlarimizga qulaylik yaratish va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmazlari turini yana bittaga ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: UPT Turkiya va qo‘shni davlatlarga pul o‘tkazmalari uchun eng past komissiyaga ega bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab naqd pul, bank hisobi, bank kartasi va hamyon o‘tkazmalarini adolatli narxlarda valyuta kursi bilan ta’minlaydi.

UPT Turkiyaning birinchi va yetakchi global pul o‘tkazmalari platformasidir. 

Ayni paytda UPT Xalq banki, Trastbank, Qishloq qurilish bank, Garant bank bilan hamkorlik qiladi. Endilikda ushbu banklar orasida MKBANK ham bor.