Kuni kecha “Mikrokreditbank” ATB va UZCARD hamkorligining yangi bosqichi yo‘lga qo‘yildi hamda mijozlarimiz uchun manfaatli shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnomadan maqsad, farzandlarimiz uchun “Uzcard Kids” kartalarini joriy qilish bo‘lib, plastik kartalar 1-iyun - Xalqaro bolalar kunida ishga tushadi va bayramda ularga munosib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz. 

“Uzcard Kids” kartalari bilan siz farzandingizning barcha xarajatlarini kuzatishingiz, MAVRID ilovasi orqali esa mablag‘ bilan to‘ldirb borishingiz mumkin bo‘ladi

Farzandingizning moliyaviy mustaqilligini biz bilan ta’minlang.

MKBANKning “Uzcard Kids” kartalari oilangiz xizmatida!